Operatsiyadan keyin namoz

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im yaqinda bel "grija"si bilan operatsiya bo‘lib chiqdilar. Ko‘p yurish, uzoq vaqt turish, o‘tirish va egilish mumkin emas. Ya’ni ancha qiyinchilik tug‘diradi. Shunda namozlarini qanday ado qiladilar? Qiyomda uzoq vaqt turolmaydilar, rukuni ham to‘liq egilib bajarolmaydilar, sajda ham shunday. Bu holatda yonboshlab qiblaga yuzlanib, ruku va sajdalarda bir oz egilib ko‘zlari bilan imo ishora qilib o‘qiyotgan edilar. Endi bo‘lsa to‘g‘ri qilyapmanmi yo‘qmi shunga ikkilanib qoldilar? Yoki qiyomda tik turib so‘ng ruku, qa’da va sajdalarda nomiga stulga o‘tirib o‘qigan ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonini qiynamasdan qanchalik darajada ado qila olsa o‘shanchalik harakat qilib o‘qisin. Ko‘z bilan imo ishora qilish yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 188 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar