Shirk kechiriladimi
Assalomu alaykum! Bazi savol javoblarga ikkilanib qoldim. Bazi joylarda shirk ham kechiriladi deb javob boshqa bazi savollarda Alloh taolo shirkdan boshqa hamma gunohni kechiradi shirkni aslo kechirmaydi deyilgan. Telegramdagi bir kanalida O‘ZM fatvo hay’ati bitta savolga “Ustoz gunohlarimizni dinimiz orqali tushuntirib berishingizni iltimos qilaman” degan savolga “Alloh taolo shirkdan boshqa har qanday gunohni kechiradi, Ibodatlarni qoldirmasdan bajaring, gunohlardan tiyiling yaxshi insonlarga hamrox bo‘ling” deb javob berilgan. Shirk keltirgan odam chindan ham u do‘zaxiymi, shirk umuman kechirilmaydimi? U odam uchun boshqa yo‘l qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘lmasdan oldin tavba qilsa kechiriladi. Tavba qilmasdan o‘lib ketsa kechirilmasligi aniq. Boshqa gunohlarni esa o‘lgan odamni haqqida farzand va yaqinlari Allohdan gunohini kechirishini so‘rasalar kechirishi mumkin. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 266 | Dolzarb savollar