Hadisga tushunmaslik

Assalomu alaykum! Alhamdulillah yaqinda namoz o‘qishni boshladik va tabiyki bazida har hil vasvas hayollar kelyapti. Bilaman vasvasa kelishi bu iymon belgisi va bir savolga bergan javobingizni ham o‘qiganman. O‘sha savolni linkini topa olmadim shuning uchun to‘liq savolni ko‘chirdim: Assalomu alaykum! Ustozlar, xadisda bir kishi payg‘ambarimizga sollallohu alayhi vasallam shayton menga namozim va qiroatim orasida vasvasa qilyabdi, desa “A’uzi”ni aytib chap yoninga uch marta tuflash kerak degan ekanlar. Shunda namoz buzilmaydimi? «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: - Va alaykum assalom! Bu ishni namozni ichida qilinmaydi. وَأَتَى عُثْمَانُ بْنُ أَبِي الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ الشَّيْطَانَ قَدْ حَالَ بَيْنِي وَبَيْنَ صَلَاتِي وَقِرَاءَتِي يَلْبِسُهَا عَلَيَّ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ذَاكَ شَيْطَانٌ يُقَالُ لَهُ خَنْزَبٌ، فَإِذَا أَحْسَسْتَهُ فَتَعَوَّذْ بِاللهِ مِنْهُ، وَاتْفِلْ عَنْ يَسَارِكَ ثَلَاثًا، قَالَ فَفَعَلْتُ ذَلِكَ فَأَذْهَبَهُ اللهُ عَنِّي. رَوَاهُ مُسْلِمٌ فيِ الرُّقْيَةِ «Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, shayton men bilan namozim va qiroatim orasida to‘siq bo‘ldi. U meni qiroatda adashtiryapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘sha Xanzab deb nomlanadigan shaytondir. Qachon uni sezsang: «A’uzu billahi»ni aytgin-da, chap tomonga uch marta tuflagin», dedilar. U: «Men shunday qilgan edim, Alloh mendan uni ketkazdi», dedi». Muslim «Ruqya» – «Dam solish» bobida keltirgan. Sharh: Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhuning savollari namoz ichidagi shayton vasvasasi haqida bo‘lgan. Ushbu hadislarga binoan, Hanafiy mazhabida «Birinchi rak’atda «a’uzu billahi» ichida aytiladi», deyilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam! Gap shundaki sherigim ushbu hadisdagi ishni namoz ichida qiladi. Men shu javobingizni o‘qib berib namoz ichida qilib bo‘lmasligini aytsam ham ishonmayapti. Ularni bunday deyishiga asos yo‘q chunki hadisda ruxsat berilgan. Sen hadisga ishonasanmi yoki o‘shalargami deyapti. Iltimos nimaga ushbu ishni namoz ichida qilib bo‘lmasligini batafsilroq tushuntirib bersangiz . Alloh ilmingizni bundanda zoyida etsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni ichida yuzni o‘ng yoki chap tomonlarga burish makruhi tahrimiy hisoblanadi. Hukm olishda faqat bitta hadisga qarab hukm olinmaydi. عَن أبي ذر، قَالَ: قَالَ رَسُول الله - صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ -: ( ( لا يزال الله مقبلاً عَلَى العبد وَهُوَ فِي صلاته مَا لَمْ يلتفت، فإذا التفت انصرف عَنْهُ) ) . رواه الإمام أحمد وأبو داود والنسائي Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda namozida u yon bu yoniga yuzini burmas ekan Alloh bndasiga yuzlanib turgan bo‘ladi. Yuzini burishi bilan Alloh taolo ham(rahmatini undan) buradi” dedilar.
Imom Ahmad, Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 190 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar