Dindan chiqqan inson bilan munosabat
Assalomu alaykum! Avvaldan nourin savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman. Bir tashkilotda ishlashim davomida qo‘l ostimga bir yosh xodim ishga kirdi. Ish jarayonida unga ish olib borishni o‘rgatish bilan birga, Allohga shukr qilishlik, Allohdan so‘rash, ota-onaga xizmat qilish, insonlarga yaxshilik qilish kabi masalalarda nasihatlar qilib bordim. Lekin, bir kuni ushbu xodim menga "Menga xadeb nasihat qilavermang, men musulmon emasman" deb aytgan gapi o‘zimga katta zarbadek tegdi. Chunki xayotimda bunaqa holatga birinchi marta tushishim. U bilan bosiqlik bilan olib borgan suhbatim natijasida ushbu holatdan ota-onasini xabari yo‘qligini bildim. Allohni borligiga, uni Alloh yaratganiga, o‘lim haqi ekaniga imkon keltirishini bildirsada, "qayta tirilish yo‘q", "ota-ona faqat tug‘ilishga sababchi bo‘lgan inson", "din yo‘q" va shu kabi xunik iddaolarni aytdi. Bir-ikki qur’on oyatlari va hadislarni keltirib, o‘zining tushunchasidan kelib chiqib e’tirozlarini bildirdi. Alloh kechirsin. Savolim shundayki, ushbu xodim bilan qanday muomala qilishni, ushbu holatni ota-onasiga aytishim joizmi bilmay qoldim. Shayx hazratlarining "Iymon" nomli kitoblarini sovg‘a qildim (oldi, lekin o‘qimayman deb aytdi). Ushbu xodimni Islom diniga qaytarish uchun qanday harakatlar qilishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom diniga nisbatan qanday e’tiroz yoki shubhalari borligini so‘rab olib, o‘shalarga birma-bir javob berish kerak. Shunda jarohatning o‘rnini topib muolaja qilgan bo‘lasiz. Bunga ilmiy salohiyatingiz etsa o‘zingiz, etmasa biror ahli ilm topib o‘shandan yordam olishingiz kerak. Agar ochiq bahsdan bosh tortsa, din borasida so‘zingizni tinglamasa bundan ortig‘iga majbur emassiz. Ota-onasi ham o‘g‘liga ergashib ketishidan qo‘rqmasangiz, aksincha o‘g‘lini islomga qaytarishga harakat qilishlarini bilsangiz ularga vaziyatni bildiring. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 11:18 | Savol-javoblar | 0 | Islam