Imom namozi

Assalomu alaykum! Biz ancha muddatdan beri Rossiyada ishlaymiz. Do‘stlarim yaqinda namoz o‘qishni boshlashdi va hozirda jamoat bo‘lib namozlarni ado etmoqchimiz. Anchadan beri namoz o‘qiyotganligim uchun ular mendan imomlikka o‘tishligimni so‘rashyapti. Ularga imomlikka o‘tsam bo‘ladimi? Agar bo‘lsa imomlikni niyat va amallarini batafsil tushuntirib bersangiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz o‘qiyotgandek niyat qilasiz. Ovozingizni ularga eshitadigan qilib, takbirlarni va qiroatni jahriy qilsangiz, shu bilan ularni iqtidolarini ham qabul qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 174 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar