Savollar haqida
Assalomu alaykum! Ancha vaqtlardan beri telegramdagi kanalingizni kuzatib boraman, O‘zimiz uchun kerakli bilimlarni olamiz. Buning uchun sizdan minnatdorman. Hozir sizlarga bermoqchi bo‘layotgan savolim balki ilmim kamligidandir, lekin shuni so‘rashga qaror qildim. Sizlarga berilayotgan savollarning aksariyati hayotda oddiy ta’bir joiz bo‘lsa mayda narsalar, (meni avf etarsiz xato gapirgan bo‘lsam) inson hayotida shunday mayda narsalarga ahamiyat berish qanchalik to‘g‘ri. Odatda biron bir nimaga uchrasam umumiy qarashga harakat qilaman. Balki men xato qilarman? Lekin maydalashga sari o‘zimizga muammoni keltirib chiqazmaymizmi!? Kelasi bermoqchi bo‘lgan savolim sizlarga berilayotgan savollarning ba’zilari juda oddiy, kitob mutolaa qilsa topsa bo‘ladigan savollar. Lekin shunday oddiy narsalar bilan siz ilmli insonlarni vaqtini olish qanchalik to‘g‘ri? Umumiy qilib so‘ramoqchi bo‘lganim, dolzarb muammolar turganida, mayda narsalarga aralashib yurganimiz qanchalik to‘g‘ri. Xato gapirgan bo‘lsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibsiz. O‘sha oddiy o‘zi o‘qib o‘rganadigan narsaga javob bermasak qo‘pol muomala qilishi, avval bizdan o‘rgangan narsalarni unutib, javobi kech qolsa qiladigan muomalasiga nima deysiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar