Zakotda qarzdan kechish
Assalomu alaykum! Men bir necha yil avval bir odamga qarzini uzishi uchun oz-ozdan pul berib, yordamlashib yuborgan edim. O‘sha mablag‘ yig‘ilib kattaroq summaga aylangan edi. U odam mendan yordamni shunday qabul qilishni xoxlamay, bu pulni qarz deb xisoblayman va albatta uzaman degan va men xam bunga rozi bo‘lganman. Topganingizda uzarsiz deganim uchun u pul xaqida o‘ylamasdim xam. Endi bilsam, u pul o‘zi nisobga etmasa xam, qo‘limdagi tilla taqinchoqlarimga qo‘shib xisoblasa nisobga etar ekan. Eng afsuslanarlisi, o‘tgan yil men nisob egasimasman deb o‘ylab zakot puli olgan edim. Endi nima qilishni bilmayapman. Bergan qarzimdan voz kechib yuborsam, o‘tgan yillar uchun to‘lanmagan zakot bo‘ynimdan soqit bo‘ladimi yoki zakotni to‘lab keyin voz kechishim kerakmi? Birovdan olgan zakot pulini nima qilishim kerak, bergan odamga qaytib beraymi? Yoki bergan qarzimdan voz kechsam olgam zakotim xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval zakotini to‘laysiz, keyin voz kechasiz. Qaytarib bering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 147 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval zakotini to‘laysiz, keyin voz kechasiz. Qaytarib bering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 147 | Zakot