Savdo markazlaridagi lotoreyalar

Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, super marketlarda 100ming so‘mdan ortiq savdo qilgan xaridorlar, ma’lum yutuqlarga ega lotoreyada ishtirok etadilar. Shu yutuqlar hukmi qanday? Bu savolni berganim sababi, xaridorla bu lotoreyani sotib olishmaydiyu, shunga shubhalanib bunda ishtirok etmadim. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Umumiy holatda lotoreyalarni joiz emasligiga sabab, ko‘pchilikdan pul yig‘ilib, bir qismini muokfot tariqasida bir kishiga berilishidir. Bu Qur’oni karimda kelgan qimorning ayni o‘zidir. Agar shu suratda bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:00 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar