Ulamolarni haqoratlasa

Assalomu alaykum! Mening turmush o‘rtog‘im xozirgi kunda musulmonlar xaqida gapirsalar sani shayxing, imomlaring, mullalaring yoki musulmonlaring deb ularga nisbatan nafrat bilan gapiradilar. Internetda xam ba’zi domlalarimizni kanalga joylangan videolari kommentlariga yomonlab yozadilar. Ulamolarni yomonlash bilan kufrga ketib kolish mumkinmi? Nikoxga ta’siri bormi? Ulamolarni yomonlagan odamni zurriyotlaridan qori, qoriya chiqmaydi deb eshitgandim man esa bolalarimni (2kizim(9,11yosh)ni qoriya, 1 o‘g‘lim(4yosh)ni qori ) bo‘lishini xoxlab duo qilib shu yo‘lda ilm o‘rgatayapman. Ularni otasini gunoxini deb ilmsiz bo‘lib qolmasliklari uchun nima qilsam bo‘ladi? Turmush o‘rtog‘im domlalarni yomonlasalar yoki so‘kinib yozsalar o‘g‘limni ismidagi (Muxammadrizo) profillaridan foydalanadilar. Shunga domlalarimiz va ba’zi bir domlalarimizni muxlis birodarlari la’natlab qo‘ysalar o‘g‘limga ta’siri bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolarning ilmini va qilayotgan islom shiorlari bo‘lgan amallarini qasddan so‘ksa o‘zi kofir, xotini taloq, qilgan haji bekor bo‘ladi. Eringizga gap o‘tadigan odamlar bilan maslahat qiling. Bu gaplari uchun boshiga Allohning balolar yog‘ilishni boshlasa ko‘radi. Bu ketishida dunyo va oxiratiga qattiq zarar bo‘ladi. Sizlarga zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar