Qaynonaning "zarurat"iga yordamlashish
Assalomu alaykum! Onam 60 yoshdalar. Turli xastaliklar (allergiya, kon bosimini ko‘tarilishi, yurak etishmovchiligi) xastalantirilgan. Uzoq yillar muolaja (turli xildagi garmonlar) olish va kam xarakat (xarakatdan allergiya chiqadi) natijasida ortiqcha vazn (taxminan 170 kg) yig‘ilgan. Joriy yil oktyabr oxirida kovid-19 bilan xastalantirilib shifoxonada Allohning inoyati bilan (o‘ta og‘ir axvolda shifoxonaga tushib) taxminan 20 kunlik muolajadan so‘ng yana bag‘rimizga qaytdilar. Shifoxonada "zarurat"lariga xamshiralar bilan birgalikda yolg‘iz opam qarashib turdi (sababi xarakatlansa axvoli og‘irlashib qolardi). Shu kunlarda opamning eri xam (o‘tkir bemor etishmovchiligi) og‘ir xastalantirilgan edi. Opam xam eriga, xam 4 nafar farzandiga, xam onamizga qarashga imkon topdi. Alloh rozi bo‘lsin. Onam shifoxonadan chiqqandan 2 kun utib opamning eri boqiy dunyoga rixlat qildi. Alloh raxmatiga olsin. Shu boisdan xamda oradagi masofa (taxminan 16 km) tufayli opam onamizga yordamga kelaolmay qoldi. Onamning "zarurat"lariga ikki kelin, yani men va ukamning turmush o‘rtog‘i yordamlashib turishibdi. Alloh xizmatlarini ajrini bersin. Savolim shundan iboratki, shunday xolatda kelinlarni qaynonaning avratini tozalab qo‘yishlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Qo‘llariga perchatka kiyib olib qaramasdan tozalashi kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Qo‘llariga perchatka kiyib olib qaramasdan tozalashi kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar