Omad Shou haqida ko‘pchilik ahamiyat bermagan jihat

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlarga omad shou o‘yini haqida ko‘plab ma’lumot yi’g‘ildi deb o‘ylayman (berilgan savollar orqali). Lekin eng asosiy narsani hech kim inobatga olmabdi (men ham yaqinda tushundim) O‘yinda ishtirok etish uchun ularning hamkorlarini mahsulotlaridan sotib olish kerak. Lekin u korsatuvni hamkor degani mahsuloti sifatli degani emas. Odamlar mahsuloti sifatlimi yo‘qmi qaramasdan o‘sha o‘yinda qatnashsam bo‘ldi deb sotib olishayapti. Bu holatda ham o‘yinda qatnashish joiz bo‘ladimi? 2. Lekin qimorligiga ishonchim komil bo‘lgan bir boshqa sababi bor. Yani o‘yinda qantashish uchun jo‘natiladigan sms pullik. Hamkorlarning mahsulotini sotib oldi va shtrix kodni ochirdi. Uni omad shouga yuborish uchun bir qisqa raqamga osha kodni yuborish kerak. U esa xizmat haqquga qanchadir miqdorda pul oladiz. To‘g‘ri katta pul emas hattoki odamlar mayli biz rozimiz degan taqdirda ham uni halol qilib qo‘ymaydi deb o‘ylayman. Bu faqat meni fikrim va bilganlarim. Alloh esa bilguvchiroq
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz sabablarini aytib turibsiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 321 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar