Tushuntirib bersangizlar

Assalomu alaykum! Termiziy rivoyat qilgan ushbu hadisda uch narsa kufr ish hisoblanmoqda. 1-Hayz ko‘rib turgan ayolga jinsiy yaqinlik qilish. 2-Ayol kishiga orqasidan yaqinlik qilish. 3-Folbinga borib uning gapini tasdiqlash. Savolim quydagicha, “Ayollaringiz ekinzori,  qaysi tarafdan yaqinlik qilsangiz bo‘laveradi, faqat ekinzoriga” deb o‘qigan edim. Shuni tushintirib bersangizlar. Oldinda katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “ekinzor”ni ayolning old tarafi deb sharh qilganlar. Hadisda qaytarilgan ishlarni bo‘laveradi deb qilgan odam haromni halol sanagan hisoblanadi. Bu esa e’tiqod jihatidan kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar