Quloqdan suv kelish

Assalomu alaykum! Yoshim 25 da Allohga shukur besh maxal nomoz o‘qib yuraman. Men qulog‘imga eshitish apparati taqib yuraman. Aslida ikkisida xam eshitish qobillyati past, lekin apparat taqadigan qulog‘imdan xar doim suv kelib turadi. Taxorat qilib bo‘lgandan keyin xam namoz payti xam kep qoladi. Shunda taxorat sinadimi? Xar maxalda yana yangi taxorat olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat olishdan oldin qulog‘ingizga paxta tiqib olsangiz namoz o‘qiguningizcha suv paxtaning tashqi tomoniga chiqmasa tahoratingiz sinmagan bo‘ladi, keyin aparatingizni taqib olaverasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar