Yana qayta taxorat olinadimi?

Assalamu alaykum! Menda xar safar siydikdan keyin vadiy oqib chiqadi va uzoq vaqt davomida bu narsa to‘xtamaydi. Taxorat qilib bo‘lib qarasam yana chiqqan bo‘ladi. Poklanib qayta taxorat olaman endi namoz o‘qiyman desam yana vadiy oqib chiqadi. Bu xolat 3-4-5 martagacha takrorlanadi. Oxiri yana taxorat olib vadiyga e’tbor bermasdan namozimni o‘qiyveraman. Men bunday xolatda nima qilishim kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz namozga tahorat qilishdan yarim soat oldin bavl qilib o‘sha joyga salfetka qo‘yib oling. Tahorat qilishdan oldin salfetkani olib tashlab tahorat qilaverasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 159 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar