Bomdodni vaqti kirishidan avval o‘qisa

Assalomu alaykum! Koreyada bir musofir do‘stim mehnat qilib yuribdi. Aytishicha u bomdod namozi vaqti kirishidan 10 daqiqa avval ishga yo‘l olishi kerak ekan, shunda boshlig‘ining oldiga vaqtida etib boradi, yo‘qsa kech qoladi. Shu sababli bomdod namozini vaqti kirishidan 20-25 daqiqa avval o‘qib olyapti ekan. Qazo qilgandan ko‘ra shunday o‘qib olsa joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Keyin yana qazosini o‘qishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar