Dzot xarfi

Xurmatli Qori aka "Dzot" (ض) xarfi sukinlik bo‘lganda tilning o‘ng yo chap yon qirg‘og‘ini tishlarga urib tovush chiqarish kerakmi? yoki tovushni saqlab qolishlik kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Savolingiz biroz noaniqroq bo‘libdi. ض harfining talaffuzi quyidagicha: ض tilning o‘ng yoki chap yon qirg‘og‘ini yoki har ikkisini bir vaqtda yuqori oziq tishlarga urish bilan hosil bo‘ladi.Bunda tilning o‘ng yoni o‘ng tarafdagi yuqori oziq tishlarga yoki chap yoni o‘sha tomonning yuqorisida joylashgan oziq tishlarga yoxud har ikki yoni ikki tarafdagi yuqori oziq tishlarga mahkam uriladi. Uni ikki tomondan teng talaffuz etishda tilning tanglay o‘rtasiga yopishib qolishidan saqlanish lozim. Uning iste’lo, itboq va istitola sifatlariga ega ekanligini doimo yodda tutish kerak. ض tovushini ظ undosh tovushi kabi yoki tanglay oldidan aytishdan, sokin holida qalqala qilish yaramaydi.ض undoshining talaffuzini o‘zlashtirish uchun jiddiy shug‘ullanish lozim. Buning uchun avval tilni o‘ng yoki chap tarafga qanchalik harakatlanayotganiga e’tibor qaratiladi. Tiling yoni oziq tishlarning ichki tarafiga mahkam urilishi, qadalishi kerak. Bunda har kim o‘ziga qulay tomonni tanlab olib, o‘sha tarafda ko‘proq mashq qilaveradi. Tilning oziq tishlar tomon harakati faollashgach, bu tovushdagi yo‘g‘onlatish omillari, ya’ni iste’lo va itboq sifatlarini ijro etishga o‘tiladi. Ayni vaqtda uning istitolasiga ham e’tibor berib boriladi. Vallohu a’lam.

2 May 2022, 06:50 | Savol-javoblar | 177 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar