Do‘stlar
Assalomu alaykum! Alhamdulillah 23 yoshdaman, namoz o‘qiyman. 1 Qo‘shnilarim, tengdoshlarim, ham sinfdosh ham kollejda kursdosh eng yaqin do‘stlarim esimni tanigali beri birga katta bo‘lgan eng yaqin do‘stlarim: ichadi chekadi, yani do‘stlarimni to‘ylarida, tug‘ilgan kunlarda, ziyofatlarda bir dasturxonda bo‘lamiz ular ichishadi men ichmayman. Lekin qalbi, niyati, Allohga ishonchi bor kishilar. O‘zimizning ilmli taniqli domlalariz, qorilarimizni amirmaruflarini ko‘p eshitaman. Biri: unday dasturxondan chiqib keting do‘sting ola qanot bo‘lsa emishing o‘sha desa. Yana biri: birga yur balkim sen sabab in sofga kirib, hidoyat yo‘liga o‘tar deyishgan. Men qanday yo‘l tutay. 2 Alloh xarom qilgan narsalarni istemol qilayotgan do‘stlarimga (aroqni) ichmanglar desam, biri xadis keltirdi: Aka uka bo‘lishar ekan. Aka: har doim ichib maishatda bo‘lar ekan. Uka: din diyonatli namozxon taqvodor kishi ekan. Uka: har doim akasini taqvoga insofga chaqirar. Aka esa ularni qo‘y menga qo‘shilib mayishat qil derkan. Kunlardan bir kun aka: shuncha shuncha ichganim etar ukam to‘g‘ri aytyapti bo‘ldi endi ichmayman, ukamga qo‘shilib namoz o‘qiyman taqvodor bo‘laman deb ketayotganida vafot etibdi. Uka esa: bo‘ldi shuncha ibodat qilganim, ukadek bo‘lib akamga qo‘shilmadim, hozir borib akam bilan mayishat qilamiz deb yo‘lga chiqibdi, taqdir taqozosi bilan yo‘lda vafot etibdi. Aka jannatiy. Uka do‘zaxiy bo‘libdi. Hammasi niyatga bog‘liq deyishdi. Shu hadis sahihmi, yoki kitoblarimizda shu qissaga o‘xshash qissa bormi? Xudo xohlasa o‘qiyotgan bo‘lsangiz Shu murojatim bilan to‘rtinchi savol yo‘llashim, oldingilariga qisqa va lo‘nda javob bergansizlar rahmat Alloh rozi bo‘lsin. Lekin keng ma‘noda tushunib oldim. Bu galgi savolim va javoblaringizni Xudo hoxlasa niyatim barcha do‘stlarimga ko‘rsatmoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan xikoya hech qanday hadis ham emas. Alloh taolo oyati karimada namozlarini kechiktirganlarga quyidagicha marhamat qiladi: فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَالَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…5. Ular namozlarini unutuvchilardir. Ya’ni namozning ma’nolarini, hikmatlarini, insonning vijdonini poklashini, qalbda marhamat-shafqatni qo‘zg‘ashini unutganlarning holiga voy! Joyi jahannam!
Alloh taolo «Ankabut» surasining 45-oyatida: «…albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur», – degan. Kim namoz o‘qisa-yu, yomon ishlardan qaytmasa, u namozini unutganlar jamoatidan bo‘ladi.
Ushbu oyatlarning ma’nosi haqida mufassirlarimiz bir qancha ta’villar aytganlar.
Abul Oliya: «Bular namozni o‘z vaqtida o‘qimaydiganlar, ruku’ va sajdalarini yaxshilab, batamom qilmaydiganlar», – degan.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu shunday namozxonki, u o‘zi o‘qigan namozidan savob umid qilmaydi va uni o‘qimasa, iqobidan qo‘rqmaydi», – deganlar.
Ibn Jarir Tobariy keltirgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, «Ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar», – deganlar.
Mufassirlarimiz ushbu jumladagi kelishik qo‘shimchalariga ham alohida e’tibor berganlar. Oyatda «An solatihim saahuun» – «namozlarini unutuvchilar», deyilmoqda, «fii solatihim» – «namozlarida» deyilmayapti. Shundan oyatda munofiqlar haqida so‘z ketayotgani kelib chiqadi. Chunki mo‘min kishi ham namoz ichida ba’zi narsalarni unutishi mumkin. Lekin unutish bilan unutishning farqi bor. Munofiqning namozni unutishi o‘qimaslik, unga e’tiborsizlik qilishi ila bo‘ladi. Mo‘min esa namozning ichida biror narsani unutib, xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilib, darhol to‘g‘rilaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan, “Maa’uun” surasi). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar