Xotinning er ustidagi xaqlari xaqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir savolga sizlar tomondan "Bu erda haddan oshmaslik, o‘rta hol xarajat haqida gap ketgan. Siz tushungan ma’no yo‘q. Vallohu a’lam!" deb javob bo‘lgandi. Sizlardan iltimos "Ikkinchisi ta’minot. Erkak kishi ayolini oziq-ovqat bilan, kiyim-kechak bilan ta’minlaydi. O‘zi yashayotgan makon va zamonda urf qanday bo‘lsa, shu darajada egulik va libos bilan ta’minlanish ayolning haqqidir" shu batafsil tushuntirib bersangizlar? Misol uchun xozir biz yashayotgan zamon va makonda qizlar va ayollar uchun urf bo‘layotgan kiyim tor shim va tizzani atrofida turadigan yubka. Bu shu kiyimni kiyish ayol kishini xaqqi deganimi yoki xozirda ayollar ko‘chaga kiyish uchun 6 tadan (to‘y marosim uchun, tug‘ilgan kun uchun mexmondorchilik uchun kontsert uchun aloxida va x.k.) kam bo‘lmagan ust boshga ega. Bu degani 3 qator ust boshi bo‘lsa mo‘’tadil ust bosh kiyim sotib olsa durust deganimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz fosiqalarni me’yor qilib olmang. Shariat urfni aytganda ham solih va solihalarning urfini e’tiborga oladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar