O‘liklar haqida

Assalomu alaykum! Bir joyda “o‘liklar ham Qur’on qiroat qiladi” degan gapni eshitib qoldim. Shu haqida siz aziz ustozlardan so‘ramoqchi edim. Shu rostmi? Qilayotgan xayirli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: ضَرَبَ بَعْضُ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم خِبَاءَهُ عَلَى قَبْرٍ وَهُوَ لَا يَعْلَمُ، فَإِذَا فِيهِ إِنْسَانٌ يَقْرَأُ سُورَةَ { تَبَارَكَ الَّذِي بِيَدِهِ الْمُلْكُ} حَتَّى خَتَمَهَا، فَأَتَى النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، ضَرَبْتُ خِبَائِي عَلَى قَبْرٍ وَأَنَا لَا أَحْسِبُ أَنَّهُ قَبْرٌ، فَإِذَا فِيهِ إِنْسَانٌ يَقْرَأُ تَبَارَكَ حَتَّى خَتَمَهَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم: هِيَ الْمَانِعَةُ هِيَ الْمُنْجِيَةُ تُنَجِّيهِ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri bilmay o‘z kapasini bir qabrning ustiga qurdi. Bir payt uning ichida bir inson «Tabarokallazi biyadihil Mulk»ni oxirigacha qiroat qildi. Bas, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Kapamni bir qabrning ustiga qurdim. Uning qabr ekanini bilmagan edim. Birdan uning ichida bir inson «Tabarokallazi biyadihil Mulk»ni oxirgacha qiroat qildi», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U man qiluvchi va najot beruvchidir, qabr azobidan najot beradi», dedilar». Sharh: Shuning uchun bu sura «Saqlovchi» va «Najot beruvchi» deb ham ataladi, chunki u bandalarni katta azobdan saqlaydi. Ushbu surani qabr ichidagi odam o‘qiganidan keyin uning sirtidagi tiriklarning o‘qishlari  foydali bo‘lishi turgan gap. Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Mayit qabrga qo‘yilgandan so‘ng (azob farishtalari) oyoqlari tarafdan kelsalar, oyoqlar: «Sizning buning oldiga kelishingizga yo‘l yo‘q, chunki u biz bilan turib, kechasidagi namozda «Mulk» surasini o‘qir edi», derlar. Agar bosh tarafdan kelsalar, tili: «Sizning buning oldiga kelishingizga yo‘l yo‘q. Chunki u men bilan «Mulk» surasini o‘qirdi», deydi», deyilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mulk» surasi har bir mo‘minning qalbida bo‘lishini xohlardim», deganlar.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar