Namozda qiroat

Assalomu alaykum! Bizni masjidimiz imomi namozni ichlarida o‘qir edilar. Men peshin va asrni o‘zim qayta o‘qib olar edim. Keyin jur’atni qo‘lga olib borib aytdim. Kifoya kitobida nimalar deyilganini hadislar kelganini aytdim. Hamma bilar edi tanqidni olmas edilar. Bu safar indamay eshitib o‘tirdilar. Keyin men ketdim. Shundan keyin menga ozgina sovuq muomala bo‘ldi. Lekin qarang Allohning izni bilan sovuq muomala iliq muomalaga aylanib qoldi. Men o‘zimga qur’onlar o‘qitdilar. Endi hozir qiroatni ozgina to‘g‘irlaganday bo‘ldilaru oxirigacha emasga o‘xshaydi. Ba’zida suralar o‘qiyotganda ovoz chiqarib qo‘yadilar(bir ikki jumla),lekin qolganini hayolan o‘qiyveradilar meni nazarimda. Bu mekrofonga eshitiladi faqat nafas olishlari eshitilib turadi. Shunga boshim qotgan men namozimni qayta o‘qib turaymi yoki aytganim kifoya qilarmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmadik. Biz o‘sha “Kifoya” kitobida yozilganini bilamiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar