Kafforat ro‘zasi haqida savollarim

Assalomu alaykum! 1. Qazo vojib bo‘lgan ro‘zani xar oyda 3 yoki 10 kundan bo‘lib-bo‘lib tutsa bo‘ladi, deb o‘qidim, xato tushunmadimmi? 2). Kafforat ro‘zasi uchun xam xukm shundaymi, ya’ni 60 kunni bir necha oy davomida bo‘lib tutsa bo‘ladimi, yoki paydar-pay tutish kafforat ro‘zasining asosiy shartimi? 3). Yuqoridagi xar ikki (qazo va kafforat) ro‘zalariga niyat qilayotganda nafl ro‘zani xam qo‘shib niyat qilish joizmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Bu, ramazonda tutolmagan ro‘zalaringizni ketma-ket tutishingiz shart emas, imkon qadar tezroq bo‘lib tutsangiz ham bo‘ladi deganidir.
2). Kafforat ro‘zasini oltmish kun ketma-ket kechasi ertaga ro‘za tutaman deb niyat qilish sharti bilan tutiladi. Orada uzrli(hayz) kunlar kelib qolsa tugashi bilan ketma-ket davom ettiriladi.  
3). Nafl deb niyat qilinmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 182 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar