Istaksiz zino

Assalomu alaykum! Bir qiz namoz o‘qimay chiroyli kiniyib lekin axlokini yaxshi qilib yurar edi. Bir kuni qarindoshining to‘yi bo‘ldi. To‘yda juda chiroyli bo‘ldi va to‘ydan keyin uyga kelib uxladi. Tunda bir amakisi kelib uni o‘pdi. Qiz sezmadi uxlayotgan edi, lekin uyg‘onib qaradi, u odamni yaxshi ko‘rmadi xira ko‘rdi. Unga bir qaradi agar unga shapaloq qilsa o‘zi xam u xam va oilasi oldida uyalishini bilib, yoping‘ich tagiga kirib uxladi. Bu qiz yigit kimligini tongda bildi. U yigitning ota-onasi yaxshi va namoz o‘qiydilar singillari akalari va qarndoshlari bor edi. Qizning esa ota onasi va akasi boshqa davlatda edi. Qiz buni istamagan edi, shunga endi nima bo‘ladi? Bu xaqida biron bir izox bersangiz iltimos. Sizdan boshqa kimdan so‘rashimni bilmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qiladi, bu ishga sabab bo‘lgan noshar’iy begona erkaklarni o‘ziga jalb qilib, fitnalantirdigan bo‘lib kiyinib yurishlarini to‘xtatadi. O‘sha qiz avratlarini nomahramlardan berkitib namozlari va boshqa ibodatlarini kanda qilmaslikka harakat qilsin! Shunda Alloh gunohlarini kechirishidan umid qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 154 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar