Harom go‘sht haqida xabar
Assalomu alaykum! Menga bir qarindoshim chet eldan keltirilgan mol go‘shtlarini sotishga yordam berishni so‘rab qoldi. Surishtirsam, mol go‘shtlari qo‘shni davlatlardan "Bismillah" deb qo‘yilmagan va olib kelingan. Hozirda o‘rtacha 28-30 ming so‘mdan umumiy ovqatlanish mavjud bo‘lgan korxonalar, bog‘cha, maktab, oshxona, restoran va boshqa joylarga sotilmoqda ekan. Qarindoshimga e’tiroz bildirib, nega harom go‘shtlarni olib kelyapsizlar deb so‘raganimda, "Bismillah" deb so‘ydirib olib kelsak, kilosi yana 6 ming so‘m qimmat bo‘ladi deb javob berdi. Savol: ushbu holatni men ommaga oshkor qilishim kerakmi? Chunki farzandlarimiz va o‘zlarimiz harom go‘shtni iste’mol qilmasligi uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oshkor qilishingiz kerak. Harom ishdan qaytarishingiz kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oshkor qilishingiz kerak. Harom ishdan qaytarishingiz kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar