Siffiyn jangidagi kelishuv

Assalomu alaykum! Hadis va hayot kitobining 22-juzida ozgina joyiga tushunmay qoldim. Siffiyn jangidagi kelishuvda Abu Muso Ashariy va Amr ibn Oss roziallohu anhum o‘rtasida Hazrati Alini ham Muoviyani ham halifalikdan chetlatishga kelishishgan ekan. Xutbada odamlarga bu xalqqa e’lon qilingandan keyin Amr ibn Oss borib Muoviya ibn Abu Sufyonni xalifalik bilan tabriklagani kitobda yozilibdi. U joyda kelishuvga xiyonat bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz quyidagidek deb qo‘ying:  تِلْكَ أُمَّةٌ قَدْ خَلَتْ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُم مَّا كَسَبْتُمْ وَلاَ تُسْأَلُونَ عَمَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ۝ 134. Bular o‘tib ketgan ummatdirlar. Ularga o‘zlari kasb qilganlari bo‘lur, sizlarga o‘zingiz kasb qilganingiz bo‘lur. Ularning qilgan amallaridan so‘ralmassiz. (Baqara surasi). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 130 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar