Belorusiyadan keltirlayotgan go‘shtlar

Assalomu alaykum! Shu kunlarda yurtimizga Belorusiyadan mol go‘sht olib kelib sotishyabti. Shu go‘shtni olib kelib chorsu bozoriga tarqatayotgan birini ko‘rib undan go‘shtlar shariy yo‘l bilan so‘yiladimi deb so‘rasam "Bilamayman, bizga faqat 300 ta moldan faqat 1 tasini Bismillah Allohi akbar deb so‘yilganini video qilib jo‘natishadi, lekin hammasi so‘yiladi, so‘yadiganlar hammasi Belorus" dedi. Savolim shu go‘shtlarni tanovul qilish joizmi? Ko‘p tashkilotlar o‘z ishchilariga taom tayyorlashda shu go‘shdan foydalanyapgan ekan, bir birodarimiz ham shu haqida so‘rab berishimni iltimos qilgan edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi.
Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar