Maslahatinggizga muxtojman
Assalomu alaykum! Sizdan musulmon birodaringiz o‘laroq maslahat so‘ramoqchiman savol biroz uzun, oldindan uzr. Men qishloq joyda yashayman, bu erdagi odamlar dindan ancha uzoq xamrni bemalol ichishadi va ayrimlar ichib bo‘lib chashmasiga barakat et ham qo‘yishadi biz tarafdagi to‘ylar xamrsiz o‘tmaydi. Insonlarga dindan gapirsang mulla bo‘libmisan deb gapirishadi. Ayollar avratlarini yopmaydilar, bid’at hurofotlarga to‘la to‘y bermoqchi bo‘linsa, xamr chiqarish kerak usiz to‘y o‘tmaydi kelin kiyosh aylanib kelishi kerak mahram nomahram nima ekanligini umuman bilishmaydi to‘yda ayollar erkaklar bemalol aralash quralash bolib yurishadi va kechqurun pardoz andoz qilib chiroyli kalta yoki ochik sochik uzun ko‘ylaklarni kiyib bemalol raqsga tushishadi erkaklar bilan agar men uylanmoqchi bo‘lsam kelin taraf ota onamga amakimga ko‘rpa berishi shartmish amakimni 5 o‘gliga ham kiyim berishlar va 6 ta ammamga ham kiyinishga etadigan mato u xam.etmaganday amakimni 5 ta o‘glini xotinlariga ham kiyinishga etadigam mato tavar berishi shart emish men bu narsalarga berishga kelinda hech qanday majburyat yo‘qligini aytsam oyim bu oto bobodan kelyotgan narsa deyishadi bu hammasi emas afsuski kelinlar erining ukalari bilan bemalol qo‘l berishib u xam etmaganday rassiyadan kelsalar quchoqlashib ko‘rishishar eken nima emish bu hurmatmish mahrami bo‘lmaganlar bilan bemalol uyida yolgiz holda suhbatlashadilar Alhamdulillah dindan habarim bor bu erdagi qizlar shaxarliklar qolishmaydilar avratlarni yopishmaydilar hijop qiyadigan qizni dindorni qizni bu erdan topish juda juda qiyin bu hali hammasi emas bundan da battarlar ham bor ustoz men juda siqilib ketdim ustoz dayus kimligini nima amal qilsa ham dayus holida o‘lsa jahannamga kirishini bilaman uylanishga umuman rag‘batim qiziqishim qolmadi yashayotgan joyimda umuman yashash istamayman bosh olib ketishni hohlayman taqvo qilish gunohdan tiyilisha harakat qilaman lekin taqvo haqida o‘qiganimda yashab turgan joyiham muhum ahamyatga egalini bilib oldim men yashaydigan erda gunohlardan tiyilish juda ham kiyin bu erdagi odamlar ichida dinni ushlash cho‘gni ushlash bilan teng ustoz Alloh roziligi uchin menga maslahat bering nasihat qiling balki bu gapim sizga bir oz boshqacha tuyilar men huddi botqoqligda yashayotgan insonga o‘xshayman botqoqligda yashab loy yuqtirmaslik qanchalar qiyin bo‘lsa men ham bu erda gunohlardan tiyilishim shu daraja qiyn gapim ko‘ngligizni og‘irtgan bolsa kechiring yashashga umuman rag‘batim qolmayapti hatto Allohdan Allohim agarash yashayim mening uchn yaxshi bo‘lsa yashat agar o‘lishim yaxshi bo‘lsa o‘ldir deb aytishgachayam bordim. Menga yordam bering, nasihat qilinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hech bir narsa istashingiz bilan “bo‘l” deyishingiz bilan bo‘lib qolmaydi. Juda sekinlik bilan yon-atrofingizdagilarga dinni o‘rgatishga harkat qilishingiz kerak. Buning uchun ichib o‘targan bo‘lishsa ham oldilariga kelib “Bu ichayotganing harom” demasligingiz kerak. Aksincha har bir insonda qaysidir bir yaxshi sifat bo‘ladi. Odamlardagi o‘sha yaxshi sifatlarni o‘rganing. O‘sha sifatlarni yanada rivojlantirishga qiziqtiring, maqtang. Sizga mehr-muhabbatlari paydo bo‘ladi. Shundan keyin biroz silai-rahmining savoblaridan o‘rgating, o‘shangacha ham namozdan gapirmay turavering. Yaxshilik insonni jannat tomoniga etaklaydi. Qalblarida bir xursandchilik his qilishadi. Vaqtingiz bo‘lganda shaharga olib keling, masjidlarga birga kirib chiqing. Shu kabi yon-atrofingizga ta’sir o‘tkazishga harkat qiling. Bilib qo‘ying, hidoyat qilish sizni qo‘lingizda emas. Alloh xohlasa cherkovdagi rohiblarni musulmon qilib qo‘ymoqda. Gapirsangiz yoqmaydigan gaplarni gapirmay turing. Dunyoga kelib hech kimga ta’siringizni o‘tkazolmaydigan bo‘lib o‘tib ketishdan qo‘rqing. Bu asta sekinlik bilan bo‘ladi. Siz ham noumid bo‘lmang, o‘zingiz kamolot topishga harkat qiling so‘ng yon atrofingizga tarqatishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Bu ummat nihoyat unumdor erga o‘xshaydi. Allohdan so‘rab mehnat qilinsa hech qachon zoe ketmaydi. Siz o‘ylagandek qizlarni topish sizga qiyin, Allohga oson. Siz Allohdan so‘rayvering. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar