Go‘zallik salonida ishlash
Assalomu alaykum, Man oldinlari ya’ni 2017-yildan shu hozirgi vaqtgacha go‘zallik salonida kelinlar soch turmagi va makiyajini (va boshqa xotin qizlarni ) qilar edim, hozirda ishlamiman. Turmush qurganimga 2 yil bo‘ladi inshallah. Turmushga chiqqanimdan keyin xijobga kirdim Alhamdulillah. Begim ishlashimga qarshi emaslar, lekin bu ishiz shariatga to‘g‘ri kemidi dedilar, shariat bo‘yicha bilamizki ayollar faqat erlari uchun ziynatlanishlari kerakligi aytilgan. Shunda man ayollarimiz turmaklari va makiyajlarini qilsam va ular ko‘chaga chiqqanlarida tabiiyki nomaxramlarning nazariga tushadi. Shunda ularning gunohlariga sherik bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gunohga yordam berish bo‘ladida. Shunchalik qobilyat egasi ekansiz shu sohani shariat ruxsat bergan turi bilan shug‘ullaning. Masalan yuzlarni parvarishlash. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom