To‘rt yo‘lda is chiqarish

Assalomu alaykum! Bugun yo‘lda ko‘rib qoldim to‘rt yo‘l(chorraha)da is chiqarayotgan (ya’ni bo‘g‘irsoq pishirib) ayollarni. Ularning aytishlaricha tuya egizak tuqqan emish, agar niyat qilib to‘rt yo‘lda shunday is chiqarib bo‘g‘irsoq pishirishsa kelishi mumkin bo‘lgan balo-qazo daf bo‘larmish. Bunday holatni 15 yillarcha oldin ham ko‘rgandim, u paytda esa yanvar oyida kun issiqligidan o‘rik gullaganda deyishgandi. Dinda bu ishlarning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bularning hammasi safsata. Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi:   وَإِن مَّن قَرْيَةٍ إِلاَّ نَحْنُ مُهْلِكُوهَا قَبْلَ يَوْمِ الْقِيَامَةِ أَوْ مُعَذِّبُوهَا عَذَابًا شَدِيدًا كَانَ ذَلِك فِي الْكِتَابِ مَسْطُورًا۝ 58. Hech bir shahar-qishloq yo‘qki, uni qiyomat kunidan avval halok qiluvchi bo‘lmasak yoki shiddatli azob-la azoblovchi bo‘lmasak. Bu kitobda bitilgandir.
Balolar to‘rt toifa insonlar sababli daf bo‘ladi.
1). Zulm qilmaydigan adolatli podishoh.
2). Dinini mahkam ushlagan ilmiga amal qiluvchi olim.
3). Odamlarni yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytaradigan kishi.
4). Avratlarini berkituvchi ayollar.  
Bu to‘rt toifa insonlardan bo‘lishga harakat qilishimiz kerak. Bularga qarshi bo‘luvchilar yuqorida oyatda kelgan yog‘iladigan balolarni jalb qiluvchilar hisoblanishadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 135 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar