Yahud va Nasorolar dinlarida jonliq aslida qaday so‘yilishi kerak

Assalomu alaykum! Ustozlar men ko‘p yillardan beri ishlash maqsadida Rossiya davlatiga boraman lekin bir savolga javob topa olmayapman. Nasroniy va yahudiylarning so‘ygan go‘shtlari bizga halolmi deyilgan savollarga agar yahud va nasorolarning o‘z dinlariga ko‘ra so‘yilgan bo‘lsa bizga halol bo‘lishi manosidagi javoblar bor ammo ularning dinlari ko‘rsatmasiga ko‘ra qanday so‘yilishi kerakligini bildiradigan birorta javob topa olmadim. Savolim shuki Nasroniy va yahudiylar aslida o‘z dinlari bo‘yicha jonliqni qanday xolatda so‘yishlari lozim? va biz musulmonlar buni qanday ajrata olishimiz mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular ham musulmonlarga o‘xshab Allohning ismini zikr qilib(Iyso, Uzayr alayhissalomlarni emas) so‘ysa halol bo‘ladi. Siz ajratolmaysiz, shuning uchun o‘zinglar so‘yish sharoitini qilishga harakat qilinglar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar