Bloggerlik
Assalomu alaykum! Men Youtube da kanal ochib videolar tayyorlab bloggerlik qilmoqchiman. Yo‘nalishim esa kitoblarni o‘qib ovozimni yozib olib video shaklida tayyorlamoqchiman. Misol uchun Tarixi Muxammadiy kitobidan, Saodat asri, xar xil rivoyat, qissalar, mashxur insonlar xayoti, ya’ni o‘zimizning shoirlarimiz tarixiy shaxslarimiz va shunga o‘xshash ma’lumotlar. Maqsadim xozirgi kunda tengdoshlarim va yoshlar kitob o‘qimay qo‘yishgan. Video bo‘lsa yoki audio bo‘lsa eshitishadi. Shu ish bilan shug‘ullansam bo‘ladimi, keyin bu videolardan keladigan pullar xalol bo‘ladimi? Misol tariqasida Saodat asri kitobini o‘qib o‘shandagi ma’lumotni tayyorlasam, bu kitobning egasidan ruxsat olib bilmayman. Shunda bundan tushgan pul xalol bo‘ladimi? Bu kitobni yozgan insonga nisbatdan xiyonat qilgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hamma siz kabi ishni qilmoqchi, yaqin kunda buni ham qizig‘i qolmaydi. Tushgan pul halol. Mualliflik huquqiga rioya qiling. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom