Rus ayolga maslaxat
Assalomu alaykum! Meni bir rus tanishim bor edi. Yaqinda to‘satdan: "Masjidga chiqisanmi? Jum’a namozgachi? Meni erim vafot etdi. Musulmon edi, xar Jum’a kuni Jum’a namozga borar edi... Ertaga Jum’a namozda uning haqqiga duo qilib qo‘y. Imomga xam ayt" deb iltimos qildi. Men erini haqqiga namozlarimda va Jum’a kuni Jum’a namozida ham duo qildim. Ayol juda siqilyapti... Erimsiz xayot qiziq emas deb xar kuni yeg‘laydi... Ӯzidan so‘rasam Islomni qabul qilmagan (Pravoslavnaya xristianka) ekan. Ikki qizchasi ham shunday. "Erim bilan shunday kelishganmiz: Ӯg‘il bo‘lsa Musulmon qilamiz, qiz bo‘lsa pravoslav dinida bo‘ladi deb. Afsuskiy o‘g‘il bo‘lmadi ikki qizmiz bor" dedi. Bo‘lib o‘tgan ishlardan keyin xayotga ham dinga ham ishonmay qolayabman deyabdi. Man mana shu vaziyatda unga Islom dinini qabul qilish xam Raxmatli eri uchun ham o‘zi va qizlari uchun ham eng to‘g‘ri qaror va najot ekanligini tushuntirmoqchiman. Faqat shoshib, dangal Islom eng to‘g‘ri yo‘l! o‘tmasang do‘zaxiy san deb cho‘chitib qo‘ymoqchi emasman... Ustozlar, u rus ayol Imomga, va Quron tilovatiga ishonadi. Qanday qilib unga Islom najot va eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini tushuntirib, uni Muslima qilishim mumkin? 1) Iltimos maslahat bering. 2) Qanday rus tilidagi kitobni o‘qisa, Islom eng to‘g‘ri yo‘lligini tushunadi? Va dinga mexri oshib, uni qabul qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning qalamlariga mansub rus tilidagi “Iyman, Islam, Kur’an” va “Hadis va Hayot” silsilasidan 2-tom “Islam i Iyman” 19-tom “Olamlarga rahmat payg‘ambar” kitoblarini olib hadya qiling. Agar topa olmasangiz manzilingizni bering sizga o‘zimiz pochta orqali bo‘lsa ham etkazamiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 179 | Islam