Namoz o‘qish bo‘yicha ayrim savollar

Assalomu alaykum! Allohga shukr, namozni o‘rganib o‘qishni boshladim. Shu sababli savollarim bo‘lib, bu bo‘yicha yordamlaringiz kerak bo‘lmoqda. Barcha namozlarni uyda o‘zim o‘qiyman, sunnat va farz namozlarini o‘zim eshitadigan darajadagi ovoz bilan o‘qiyman. Ushbu o‘qishim to‘g‘rimi, bunda jaxriy va maxfiy degan tartiblar buzilmaydimi? Oldingi savolimdagi javobda «Hamma farz namozlarini jamoat ila o‘qilganda iqoma aytiladi» degan javob berilgan. O‘zim yakka o‘qiganligim uchun farz namozlarida ham azon, shundan so‘ng ham iqoma aytamanmi? Yoki azondan so‘ng iqoma aytmasdan, niyat qilinib namozni boshlayveraman-mi? Uzrli sabablarga bomdod namozining qazosini o‘qish uchun peshindan oldin masjidga borganimda, azon aytishim kerakmi yoki iqoma bilan boshlab qazo namozini o‘qiyveramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buzilmaydi. Aytsangiz savob olasiz, mabodo aytmasangiz ham namoz durust bo‘laveradi. Masjidda azon aytmay o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar