Zakot yoki sadaqaga bog‘liq
Assalomu alaykum! Turmushga chiqmaganman. Qiz bolaga turli narsalarni avvaldan sarposi uchun yig‘iladi. Shu sababdan meni ishlatilmay olib qo‘yilgan buyumlarim uchun zakot yoki sadaqa berishim kerakmi? Agar shunday bo‘lsa qanday hisobda va qay yo‘sindaligini aytib o‘tsangizlar. Bularni Ramazon oyida amalga oshirishim kerak bo‘ladimi? Oldindan rahmat Alloh sizlardan rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar tillo-kumush buyumni sizga mulk qilib olib bergan bo‘lsa, u nisobga etsa va nisobga etganiga bir yil to‘lgan bo‘lsa zakotini berish sizga farz bo‘ladi.
Hozirgi kunda kelinga beriladigan sep-sidirg‘ilarni hojati asliyadan deb hukm qilish mushkul ishdir. Seplarni ichida kundalik iste’mol qilinadigan jihozlar hojati asliyaga kiradi. Ammo, ko‘z-ko‘z qilish, odamlar: “Falonchi shuncha narsa qilibdi” deyishlari uchun qilingan sep-sidirg‘ilar hojati asliydan ortiqcha hisoblanadi. Agar bularni qiymati nisobga etsa, zakot olish harom bo‘ladi va ularning zimmalariga qurbonlik va sadaqai fitr vojib bo‘ladi. هَلْ تَصِيرُ غَنِيَّةً بِالْجِهَازِ الَّذِي تُزَفُّ بِهِ إلَى بَيْتِ زَوْجِهَا؟ وَاَلَّذِي يَظْهَرُ مِمَّا مَرَّ أَنَّ مَا كَانَ مِنْ أَثَاثِ الْمَنْزِلِ وَثِيَابِ الْبَدَنِ وَأَوَانِي الِاسْتِعْمَالِ مِمَّا لَا بُدَّ لِأَمْثَالِهَا مِنْهُ فَهُوَ مِنْ الْحَاجَةِ الْأَصْلِيَّةِ وَمَا زَادَ عَلَى ذَلِكَ مِنْ الْحُلِيِّ وَالْأَوَانِي وَالْأَمْتِعَةِ الَّتِي يُقْصَدُ بِهَا الزِّينَةُ إذَا بَلَغَ نِصَابًا تَصِيرُ بِهِ غَنِيَّةً “Ayol erinikiga kelin qilib tushirib olingan jihozlar bilan boyga olinadimi? O‘tgan narsalardan zohir bo‘lgan narsa shuki, zarur bo‘lgan uy jihozlari, kiyimlar, ishlatiladigan idish-tovoqlar hojati asliyga kiradi. Unga qo‘shimcha bo‘lgan taqinchoqlar, ziynat maqsadida terib qo‘yiladigan idishlar, buyumlar nisobga etsa, ayol u bilan boyga aylanadi” (Roddul muhtor). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:10 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar