Kolbasa sotish
Assalomu alaykum! Bizning do‘konimiz bor. Shu do‘konimizda kolbasa mahsulotlarini sotmoqdamiz. Lekin o‘zimiz kolbasani unga qo‘shilgan hayvon Alloh nomi bilan so‘yilganmikin degan gumonda iste’mol qilmaymiz. Men kolbasa sotmaylik musulmon o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani boshqa musulmonga ravo ko‘radimi desam uydagilar ko‘nmayapti. Shu sababli sizlarga savol bilan murojaat qilyapman. Shunday holatda nima qilishimiz kerak? Agar sotish joiz bo‘lmasa va sotishni to‘xtatsak oldin sotganimiz sababli topgan pulimiz harom bo‘lib qolmaydimi? 2) Yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tekshirilgan va halol deyilgan kolbasa turi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Haromligi aniq bo‘lsa yoki halolligiga shubha bo‘lsa sotishingiz joiz emas. Chunki musulmon shubhadan yiroq bo‘lishi kerak. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq hotirjamlik, kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman".
Nasaiy rivoyati.
2). Oldin sotganlaringizga tavba qilingalar. Uning harom yoki shubhaligidan topgan foydalaringizni savob umid qilmay qambag‘allarga sadaqa qilib yuboringlar.
3). O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tekshirilgan va halol deyilgan kolbasa turlari haqida bizda ma’lumot yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom