Qur’ondagi qasamlar haqida

Assalomu alaykum! Yana o‘sha Yuutubdagi dinimiz dushmanlari bir video joylabti. Murtad bo‘lgan o‘zbeklar nega Alloh Qur’onda O‘zi yaratgan, O‘zidan zaif narsalar bilan qasam ichadi? Masalan: Asrga qasam, oyga qasam, farishtalarga va xokazo. Bizning kitobda esa Xudo O‘zidan qudratli narsa yo‘qligi uchun, o‘zining nomidan boshqaga qasam ichmagan deb, Injil va Tavrotdan bir qancha misollar keltiribti. Ustozlar, Robbimiz Alloh taolo o‘ziga emas, balki o‘zi yaratgan narsalarga qasam ichib oyatlar keltirganini xikmatini tushuntrib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha qasam ichgan narsalari e’tiborga loyiq bo‘lganligi uchun ularga qasam ichgan. Alloh, Allohdir U xohlagan narsasiga qasam ichadi. Murtadlar esa xorlikka hukm qilingan. Bu dunyodagi ozgina xursandchiligi kimlardir tomondan ta’minlanib turishlari abadiy do‘zax oldida hech narsa emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 163 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar