Xilxona qilish

Assalomu alaykum! Qabristonga xilxona qilib o‘rab olish durustmi? Joiz ishmi yoki unday qilmagan afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zining shaxsiy mulki bo‘lgan erdan qabr uchun joy tayyorlab olish, o‘ziniki qilib chegaralash joiz. Lekin ommaga tegishli vaqf qilingan qabristondan joy ajratib olish, qabr tayyorlatib qo‘yish yaxshi emas. وَيَحْفِرُ قَبْرًا لِنَفْسِه، وَقِيلَ يُكْرَهُ «O‘zi uchun qabr tayyorlab olish joizdir. Bir qavlda makruh, deyilgan» (Roddul Muxtor). Bu ikki gapni ulamolar: «O‘zining eridan bo‘lsa, joiz, ommaga tegishli erdan bo‘lsa, joiz emas», deb muvofiqlashtirganlar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:32 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar