O‘qish uchun bank depozit

Assalomu alaykum! Men chet elga o‘qishga ketishim uchun bankka 20.000$ pul depozit sifatida 3 oyga qo‘yishim kerak ekan. Lekin buncha pul qo‘yishga sharoitimiz yo‘q edi. Hozirgi holatimdan kelib chiqsam menda 3 ta yo‘l bor ekan. 3 ta yo‘lning 2 tasiga sayt orqali javob oldim. Lekin 1tasiga javob topolmadim. 1) Puli bor odamdan foizga pul olib qo‘yishim (Bu harom ekan), 2) Hujjatni soxtalashtirish (bu ham joiz emas ekan). 3) Do‘stlarimdan va qarindoshlarimdan qarz olib qo‘yish. Agar tanishlarimdan pul olib qo‘yib hujjatni olgach qaytarib bersam joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uchinchisi joiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:25 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar