Vinobob Uzum

Assalomu alaykum! Men bog‘bonman, bog‘imda vinobob uzumim bor, har yili shu uzumlarimni vinozavotga sotaman. Shu ishim gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta gunoh. Sizni uzumingizni vinosidan qancha qancha gunoh ishlar sodir bo‘layotganini, oxiratdagi azobi qanday bo‘lishini bilsangiz edi. Ichuvchilarni xotinlari, norasida farzandlari, ota-onalari o‘shani ishlab chiqargan va yordam berganlarni la’natlashini eshitganingizda edi. Eshitishingiz ham muhim emas ulardan birortasining duosi ijobat bo‘lsa holingizga voy. Vino ichib olib, jinnisifat bo‘lib xotin bola chaqasini sovuq kunlarda ko‘chaga xaydayotgan odamlarning gunohiga sababchi emasman deb o‘ylasangiz adashasiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar