Qarz olib rozi bo‘lib qo‘shib berish
Assalomu alaykum! Men xorijiy davlatga ishga bormoqchiman, lekin ketishga mablag‘ yo‘q, bir homiy topsamda masalan 1000 dollar bering, 1500 ming qilib qaytaraman desam mutlaqo joiz bo‘lmaydi. Buni o‘rniga 1000 bering 1000 qilib qaytaraman va ko‘ngildan chiqarib 500 dollar yoki ko‘proq hadya qilaman deb olsam va shunday ham qilsam joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilish joiz emas. Siz biror narsani nasiyaga olib boshqasiga naqda sotib yuborishingiz va o‘sha nasiyaga olgan narsani pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lab berasiz.Tavarruq savdosiAllohning O‘ziga hamdlar bo‘lsin! Ortlaridan nabiy yo‘q zotga solavotlar bo‘lsin!Islom Fiqhi Akademiyasi Makkai Mukarramada, Robitaning binosida, 1419 h.s. 11 – Rajab (1998 yil, 31 - oktyabr)da boshlangan o‘n beshinchi majlisida tavarruq savdosi hukmi haqidagi masalani ko‘rib chiqdi.Munoqasha, dalil surishtirish, fiqhiy qoidalarni ishlatib, ulamolarning ijtihodlariga qaytish va fikr almashuvlardan keyin Islom Fiqhi Akademiyasi bir ovozdan quyidagi qarorlarni qabul qildi:1. Tavarruq savdosi – sotuvchining mulkida va qo‘lida turgan molni narxini keyin berish sharti ila sotib olib, keyin uni boshqa kishiga naqdga sotish ila pulga ega bo‘lishdir.2. Ushbu tavarruq savdosi shariat bo‘yicha joizdir. Buni ulamolar jumhuri aytgan. Chunki, aslida savdo mubohdir. Alloh taolo «Alloh savdoni halol qildi va riboni harom qildi», degan. Bu savdoda riboning qasdi ham, surati ham yo‘q. Odamlar qarzni uzish, uylanish va boshqa ishlar uchun bunga muhtojdirlar.3. Bu savdoning asosiy shartlaridan biri sotib oluvchi savdo molini birinchi sotuvchiga bahosidan oziga ham ko‘piga ham nasiyasiga ham sotmasligidir. Bevosita bo‘lsa ham, vosita orqali bo‘lsa ham. Agar mazkur ishni qilsalar, shariat harom qilgan ishni amalga oshirigan bo‘ladilar. Chunki, bu hiyla yo‘li ila ribo olishdir. (Bu kabi savdoni bizda «realizatsiyaga mol olish» deyishga odatlanilgan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 206 | Moliya va tijorat