Savdoimiz halolmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar bugungi kunda quyidagicha savdo ko‘p kuzatilmoqda, shu ishning shar’iy hukmini bilmoqchi edim. Masalan men o‘zim 100 ming so‘mlik molni naqd sotaman ( foizga berilmaydi va vaqtini uzaytirish hisobiga narxini oshirib sotilmaydi ). Ikkinchi tanishim mendan 100 ming so‘mga mol olib rassrochkaga sotadi. Misol, 100 ming so‘mlik molni: - 2 oyga 10 foiz, jami 110 ming so‘m, 1 oyda 55 mingdan - 4 oyga 15 foiz, jami 115 ming so‘m. Oyiga 28 ming 750 so‘mdan to‘lashga kelishiladi Tanishim bu foydalardan menga ulush bermaydi, faqat 100 ming so‘mni o‘zini olaman. Ya’ni oddiy xaridorga ham, rassrochka beruvchiga ham bir xil narxda beraman. Yana shunisi borki, mendan naqdga 100 minglik molni olishga puli etmaganlar bo‘lsa, tanishim orqali rassrochkaga hujjatlarni to‘g‘rilab beraman va bunga haq olmayman. Tanishimning ishi ribo hisoblanmaydimi? Bu holda o‘rtada turishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribo hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:36 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar