Bani Murra voqeasi
Assalomu alaykum! Alixonto‘ra Sog‘uniyning «Tarixi Muhammadiy» kitoblarini o‘qib, bir joyiga tushunmadim. Qisqacha iqtibos keltiraman:
«Hijratning ettinchi yili sha’bon oyida Bashir ibn Sa’dni o‘ttiz kishiga boshliq qilib, Fadak nohiyasidagi Bani Murra qabilasiga yubordilar. Shu chog‘da sahobalar kelib qarasalar, mol ustida cho‘ponlardan boshqa kimsani ko‘rmagach, butunlay mollarni haydab jo‘nayverdilar» (393-bet).
Buni o‘qib xayolimga bu o‘g‘irlikdan boshqa narsa emas-ku, degan fikr keldi va salafi solihlarning haromga qo‘l urmasliklariga ishonib, bunda mening fahmim etmagan tomoni bor deb, sizlarga murojaat qilishni afzal ko‘rdim. Iltimos, sodda tilda aniqroq tushuntirib bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo, foydali kitob o‘qiganingiz va fahmingiz etmagan joyini so‘rab, bizga murojaat qilganingiz uchun sizga rahmat! Bu voqeaning to‘liq matnini «Tarixi Muhammadiy» (“Sharq” nashriyoti, 2015 yil) kitobidan keltiramiz: “Yana shu (hijriy ettinchi) yili sha’bon oyida (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) Bashir ibn Sa’d (Ansoriy roziyallohu anhu)ni o‘ttiz kishiga boshliq qilib, Fadak nohiyasidagi Bani Murra qabilasi ustiga yubordilar. Bu er Xaybar tomonda, Madinadan olti kunlik yiroqlikdagi bir joydur. Bu erlik kishilar mol-chorvalarini o‘tlovga qoldirib, o‘zlari qishlovga ketmish edilar. Shu chog‘da sahobalar kelib qarasalar, mol ustida cho‘ponlardan boshqa kimsani ko‘rmagach, butunlay mollarni haydab jo‘nayverdilar. Bu ishdan mol egalariga xabar etib, orqalaridan quvlashib, tun yarmilarida etishib keldi. Tong otguncha bir-birlariga o‘q otishdilar. Tong yorishgandan so‘ng dushmanlar qarasa, o‘zlaridan ular bir necha barobar oz ko‘rindilar. Buni payqab qolib, har yoqdan o‘rab hujum qildilar. Musulmonlarga urushdan qochish harom bo‘lganlikdan, shuncha qalin dushmanga berilmay, urushib yurib, barchalari shahid bo‘ldilar, roziyallohu anhum. Yolg‘iz Bashir, alarning boshliqlari, yarim jon bo‘lib o‘liklar ichida qolgan edi. Joni bormikan deb oyoq oshig‘iga urib qarasalar hech qimirlamagach, o‘lgan ekan deb, uni tashlab ketdilar. Dushmanlar ketgach, bir oz hushiga kelib, shu erda turgan bir yahudiy uyiga ming mashaqqat bilan arang etib oldi. Bu joyda ikki-uch kun turib, ozgina yaxshiroq bo‘lgach, Madinaga keldi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu musibat xabarini ilgariyoq anglagan edilar”. Bu sariyyaning yuborilish sababi, hijriy 5-yil shavvol oyida Madina musulmonlarini butunlay qirib tashlash maqsadida Xaybardagi yahudiylar tomonidan uyushtirilgan Ahzob (Xandaq) g‘azotida, o‘n mingta jangchi tarkibida Banu Murra qabilasi askarlari ham ishtirok etgan edilar. Bu g‘azotdan salkam ikki yil o‘tib, hijriy 7-yil sha’bon oyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan qasos olish, ularni munosib jazolash, musulmonlarga qarshi urush qilmasliklari uchun qo‘rqitib qo‘yish maqsadida Banu Murra qabilasi yashaydigan erga sariyya (harbiy guruh) yuborgan edilar. Vaholangki, bundan olti oy oldin Xaybar atrofidagi Fadak va Taymo kabi yahudiy qabilalari Madina musulmonlari bilan urushmaslik haqida sulh tuzgan edilar. Banu Murra qabilasi esa, bulardan o‘rnak olib, tavba qilish o‘rniga sarkashlik qilib, urushdan boshqa narsaga rozi bo‘lmas edilar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 159 | Siyrat va tarix