Qiz farzandning ota onaga xizmati

Assalomu alaykum! Ota-ona hizmatida bo‘lish faqat o‘g‘il farzand uchun farzmi? Qiz farzand garchi uzatilib ketgan bo‘lsa ham ota onasiga hizmat qila olmaydimi? Bir maro‘zada eshitdimki, qiz qaynona qaynatasini hizmatini qilishi kerak, agar er aka ukalariga yordam bersa, ayoli ham men ham o‘z aka ukalarimga yotdam bermoqchiman desa bu qizning haqqi bo‘lmas ekan unga farz emas ekan. Ayoli eri bn uni qarindoshlari o‘rtasidagi aloqani uzmasa, ularga ham o‘z yaqinlariga ham yordam bersa, yomonmi? Aytmoqchimanki ota ona hizmati barcha farzandga farz emasmi, faqat erkaklarga deyilganmi? O‘ĝil farzand ham qiz farzand ham bir xil qiyinchilik va orzu niyyatlarda katta qilinadiku, ahir?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha ma’ruzani gapirgan odam notug‘ri aytibdi. Ota-ona nafaqaga muhtoj bo‘lsa merosdagi ulushlari miqdoricha nafaqa berish qizlarining zimmasiga vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:47 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar