Qo‘yliqlik ilgir

Assalomualaykum Muhtaram shayx xazratlari!ALLOH umringizni uzoq,ilmingizni bardavom qilsin.Qilayotgan savobli ishlaringizdan ALLOHIM o‘zi rozi bo‘lsin!Rahmat nurlarini yog‘dirsin!Muhtaram shayx xazratlari Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim.Qo‘yliqlik Jumagul isimli ilgir ayol bor.Bu ayol tomoqqa tiqilgan amallarni odam og‘ziga qo‘l tiqib avval ozroq suv ho‘platib keyin piyolaga ba’zan 10 kimlardandir undan ko‘proq yoki kamroq har bir donasini 3 ming so‘mdan oladi.Ayollar bachadonidan undan qimmatroq narhda oladi.Shu haqiqatdan bor narsami?Ba’zan inson o‘zidagi holatlardan ko‘ngli to‘lmay ishi yurishmagani, betobligi va hakazo shulardan qutulish uchun vrachga murojaat qiladi ijobiy natija bo‘lmasa so‘ng domlaga dam soldiradi.Buning natijasida tomoqqa biror-bir narsa tiqilganday bo‘ladi.Bu holat mening ham boshimdan o‘tkazganim uchun Sizga murojaat qilishga ahd qildim.Tomog‘imga dam soldirganimdan keyin narsa tiqilgandek bo‘ldi.Menga mana shu ilgir Jumagulga borishni maslahat berishdi.Men maslahatga ko‘ra Jumagulga bordim.Har bir donasini 3 ming so‘mdan 15-20 talab chiqazib berdi.Bir hafta qatnadim."Bo‘ldi endi sizda qolmadi qo‘rg‘on qilib qo‘yaman"-dedi.Lekin yaqinda Soldatskiy degan joyda yana bir ilgir haqida eshitib,qiziqish tufayli bordim.Uham 50 talab chiqardi.Ishonmay desangiz chiqarib berayapti.Ishonsangiz bor butingizni qoqib olayapti."Agar oldirib tozalamasangiz sizga ziyon etadi" deb ichingizga g‘ulg‘ula soladi.Sizdan iltimos menga ushbu masalani echishda yordam bersangiz.Opam ham ushbu holatdan ko‘p aziyat chekmoqdalar.Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bularning hammasi bekorchi gaplar.

21 Aprel 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 305 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar