Qo‘l ostidagi xodimni g‘iybat qilish

Assalomu alaykum! 1). Men onam bilan bir korxona ochib tadbirkorlik qilyapmiz. Ishda qo‘l ostimizdagi xodimlarni bizga ko‘ringan kamchilik va yutuqlarini birbirimiz(men onamga, onam menga)ga aytamiz. Bu xodimlarni ishda qoldirish yoki bo‘shatish, oyligini oshirish yoki tushirish uchun kerak. Shu gunohmi?2). Mijozlar bizga oyiga bir marta to‘lov qiladi. (bolalar bog‘chasi). Lekin o‘tgan oydagi bola kelmagan kuni(kasallikdan yoki mehmondorchilik va x.k. sabablar)ning pulini yarmini olib qolamiz. Bunday qilmasak harajatlarimizni qoplamasligi mumkin. Shu gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunchaligi gunoh emas.
2). Ota-onalar bilan kelishasizlar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar