Uydagi darax mevasidan ushr

Assalomu alaykum! Biz xovlimizga turli xil mevalarni ekkanmiz, shulardan besh tup gilos bor. Albatta ularni sotish niyatida ekmaganmiz, lekin yaqinda giloslar pishti, yaqin qo‘shnilarga bir jomdan tarqatdik. Ozginasini istemol qilyapmiz qolganini sotyapmiz. Biz xam ushr beramizmi? Qo‘shnilarga tarqatganimiz ushrga o‘tadimi? Boshqa mevalarni sotmaymiz, lekin istemol qilamiz. Shulardan ham ushr beramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xovliga ekilganlardan ushr berilmaydi. Qo‘shnilarga berilayotganda ushr deb niyat qilsangizlar ushrga o‘tadi. Boyga bermaysizlar, ammo boyning xotiniga bersangiz faqir bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 170 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar