Imtixonda shpargalka ishlatganni aytib berish
Assalomu alaykum! Yaqinda Davlat Imtixonlari boshlanadi. Menga o‘qituvchilarim tanishlarim imtixon kuni kimnidir shpargalka yoki shunga o‘xshash narsalardan foydalanayotganini ko‘rsang nazoratchilarga aytib ber deyishyapti. Lekin musulmon kishi boshqalarni aybini berkitishi lozim. Uni man sotib bersam, 1-dan sotqinlik xam musulmonlik odobiga to‘g‘ri kelmaydi. Sotib bersam tabiiyki imtixondan yiqiladi. Uni imtixondan o‘tishini kutib turgan yaqinlari xam xafa bo‘ladi. Balkim unga oliy ta’lim muassasasiga kirishi menikidan xam muximdir... Men bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi boshqalarni aybini berkitishi kerak bo‘lganidek, munkar ishni ko‘rsa undan qaytarishi ham kerak. Sotqinlik musulmonlik odobiga to‘g‘ri kelmaganidek, aldamchilik ham to‘g‘ri kelmaydi. Bolasini imtihondan o‘tishini kutib turgan yaqinlari bolasini o‘qitib, imtihonga tayyorgarlik ham qildirishi kerak. Unga oliy ta’lim muassasiga kirish sizdan ham muhimroq bo‘lsa, u ham sizdan ko‘ra yaxshiroq o‘qishi kerak. Avvalo kishi munkar ishni ko‘rsa, unda qaytarishi kerak. عَنْ طَارِقِ بْنِ شِهَابٍ - وَهَذَا حَدِيثُ أَبِي بَكْرٍ - قَالَ: أَوَّلُ مَنْ بَدَأَ بِالْخُطْبَةِ، يَوْمَ الْعِيدِ قَبْلَ الصَّلَاةِ، مَرْوَانُ، فَقَامَ إِلَيْهِ رَجُلٌ فَقَالَ: الصَّلَاةُ قَبْلَ الْخُطْبَةِ، فَقَالَ: قَدْ تُرِكَ مَا هُنَالِكَ، فَقَالَ أَبُو سَعِيدٍ: أَمَّا هَذَا فَقَدْ قَضَى مَا عَلَيْهِ، سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ، وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيْمَانِ Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
«Hayit kuni namozdan oldin xutba aytishni birinchi bo‘lib boshlagan kishi Marvondir. Bir kishi turib, u tomon borib, «Namoz xutbadan oldin-ku?» degan edi, u: «U paytdagi narsa tark qilingan», dedi. Abu Sa’id aytdi: «Bu kishi o‘z zimmasidagi narsani ado etdi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kim bir munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin, agar bunday qila olmasa, tili bilan, buni ham qila olmasa, qalbi bilan (norozi bo‘lsin). Lekin bu iymonning eng zaifidir».
«Sahihi Muslim» kitobidan.
Shpargalka ishlatib aldamchilik qilish shak-shubhasiz munkar ish hisoblanadi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَرَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّ عَلَى صُبْرَةِ طَعَامٍ، فَأَدْخَلَ يَدَهُ فِيهَا، فَنَالَتْ أَصَابِعُهُ بَلَلًا، فَقَالَ: مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟» قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: «أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ كَيْ يَرَاهُ النَّاسُ؟ مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (bozorda) bir uyum egulik (don yoki xurmo) yonidan o‘tib qolib, unga qo‘llarini tiqqan edilar, barmoqlari namlikka tegdi. Keyin: «Bu nimasi, ey egulikning egasi?» degan edilar, u: «Yomg‘ir tegibdi, ey Allohning Rasuli», dedi. U zot: «Odamlar ko‘rsin deb o‘sha joyini egulikning tepasiga qo‘ymabsan-da? Kim aldamchilik qilsa, mendan emas!» dedilar».
«Sahihi Muslim» kitobidan.
Shunday bo‘lganidan keyin kimdir o‘sha shpargalkaga o‘xshagan narsadan foydalanayotganini ko‘rsangiz, bu gunoh ekanligini aytib ogohlantirib qo‘ying. Agar xulosa chiqarmasa, mutasaddilarga xabar berib qo‘ying. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 145 | Bola tarbiyasi