Jamoatda namozda ulgurmayapman

Assalomu alaykum! Men yaqinda namoz o‘qishni va juma kunlari masjidga borishni boshladim. Allohga ming shukurlar shunday kunlarga loyiq ko‘rganiga. Masjidda juma namozining farzidan avvalgi va keyingi 4 rakat sunnatlarni o‘qishda jamoatdan juda ortda qolyapman. Sanoni o‘qib Fotiha surasidan 3 yoki 4-oyatni boshlashimga 80 % odamlar rukuga ketishadi u darajada sekin o‘qimayman yoki jamoat namozlarini tez o‘qish xaqida biron men bilmagan hadislarmi yoki nimadir bormi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh muborak qilsin. Alloh taolo bandasining tavbasidan juda xursand bo‘ladi. Hatto tavba qilguvchilardan duo olishga ham buyurilganmiz. Bizlarni haqqimizga ham duo qiling, Alloh bizlarni ham adashtirmasin. Qanday bo‘lsa ham o‘qishda davom etavering. Yon-atrofingizga aslo parvo qilmang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar