Ba’zilarning aqidasi
Assalomu alaykum! Biz fiqhda ham aqidada ham Imom A’zam rahmatullohi alayhning mazhabidamiz, lekin o‘zimizdagi ba’zi bir domlalar biz Moturidiy aqidasidamiz deydi. Lekin ba’zilar moturidiy fiqhda Imom A’zam mazhabida bo‘lsada aqidada undan emas deyishadi. Moturudiy va Ash’ariylarni kufrga ketgan deb hisoblashadi. “Ular Alloh nomiga o‘z pirlarini qo‘shishadi va Allohga shirk keltirishadi” deyishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U erda eng og‘riqli nuqta shuki siz aytgan odamlar Allohni o‘zlariga qiyoslashlari. Ya’ni men makondan holi bo‘lmaganimdek, Alloh ham makondan holi emas deb o‘ylashadi. Vaholanki Alloh taolo "Shuuro" surasida marhamat qiladi: لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ وَهُوَ السَّمِيعُ البَصِيرُ “U Zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir. U o‘ta eshituvchidir, ko‘rib turuvchidir” deb marhamat qilgan. Ularning yana bir jihati o‘zlarini taqvoda, ilmda va dinni fahmlashda Abu Hanifa rahmatullohi alayhlarni qatorida deb o‘ylashada va da’vo qilishadi. Balki ba’zi bir gaplaridan u zotlar xato qilishganu "o‘zlari" to‘g‘ri yo‘lni topib olishgan deb da’vo qilishadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 197 | Aqiyda