Ijtimoiy tarmoqda dars olish

Assalomu alaykum! Agarda ayol kishi ijtimoiy tarmoq orqali dars olganda dars berayotgan odami erkak ya’ni ko‘rayotkan videosidagi odami erkak bo‘lsa satri avrat qilishi shartmi va xamda ayol bir o‘zi bo‘lmasligi kerakmi? Bir axli ilm insondan shuni so‘rashganida ayol kishi xattoki internetdan video orqali dars olayotkan bo‘lsa xam satri avrat qilishi va yolg‘iz o‘zi qolmasligi kerak ekan. Vaxolanki u erkak kishi bu ayolni ko‘rmaydi. Shu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onlayn, ya’ni ikki taraf bir birini ko‘rayotgan dars bo‘lsa albatta avratlari yopiq va yolg‘iz qolmasligi kerak. Ayol ko‘rinmasa yoki avval o‘tilgan darsni video yoki ovozini eshitayotgan bo‘lsa shart emas. Iymonni darajasiga qarab har kishi o‘zini nafsini yaxshi biladi, fitnaga sabab bo‘lsa o‘z jinsidagi insondan dars olsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar