Bloger tashkil qilgan konkurs
Assalomu alaykum! Bir bloger konkursga o‘xshash narsa tashkil qilibdi. Qatnashuvchilar soni cheklangan (deylik 2000 ta odam). Shu odamlarning konkursda qatnashishi uchun konkurs tashkilotchisiga pul o‘tkazishi kerak (deylik bir odam uchun 120.000 so‘m). 120.000 so‘m o‘tkazganligi haqida telefon ekranidan skrinsho‘t qilib o‘sha konkurs tashkil qilgan odamga isbot uchun tashlaydi va ishtirokchiga aylanadi. Har kimda o‘zini bileti bo‘ladi. Biletlarni aralashtirib turib ixtiyoriy tanlashadi. Yutuqqa muzlatgich, telefon va asosiy yutuqqa mashina qo‘yilgan. Konkurs tashkilotchisi esa bu pullarni ehson sifatida tashladik degan niyatda tashlanglar, yutmaganlar xafa bo‘lmasin dedi va deylik hamma rozi bo‘ldi. O‘yinda xaltaga biletlar solingan va biletlar ichida har bir pul tashlagan odamning telefon raqami va ismi bor. Ixtiyoriy qilib olinadi va ma’lum bir (deylik 10-20 ta) odamlar sovg‘alarni yutishadi. Qolganlar yutmaydi. Lekin qolganlar ham ehson sifatida berdik shu pulni yutmasak ham mayli degan umidda. Sovrinlarning umumiy narxi 30.000$ bo‘ldi va sotilgan biletlardan 36.000$ pul tushdi. Demak 6000$ foyda. Olingan sovg‘alar puli shundoq ayriladi va 6000$ foyda. O‘sha foydadan katta qismini har xil qiynalgan oilalarga bersa va ozroq qolgan foydani o‘zining faoliyatiga ishlatsa (bu odam blogger hisoblanadi va o‘zining jamoasi ham bor) shariatga ko‘ra joizmi? Bloger o‘z videolarida muammoni olib chiqib shu oila qiynalgan ehsonga pul berilar deganda kam pul yig‘ilarkan lekin shunaqa konkursga odam qiziqib ko‘p pul tushayabti ekan. Buni tashkil qilishni sababi shu ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu narsani qimor deyiladi. Qiynalganlarga yordam beramiz degan gapini hech qanday ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu narsani qimor deyiladi. Qiynalganlarga yordam beramiz degan gapini hech qanday ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom